2026-yil 19-oktabr kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi tomonidan “Davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xaridlarida ishtirok etish tartib-taomillari hamda «Yashil xaridlar»ni amalga oshirish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazi vakili S. Boltayev ishtirok etib, davlat xaridlari tartib-taomillari, qonunchilik talablari hamda “Yashil xaridlar” bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Tadbirda budjet tashkilotlarining mas’ul xodimlari va tadbirkorlik subyektlari vakillari qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

✅ Seminar davlat xaridlari sohasida bilim va ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qildi.

Bugun, 2026-yil 21-oktabr kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand davlat universiteti huzuridagi 1-son akademik litseyning tilshunoslik sohasi bo‘yicha mutaxassisi ishtirok etib, o‘zbek tilining boy tarixi, uning davlat tili sifatidagi nufuzi, jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirishning ahamiyati haqida mazmunli ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, tadbir davomida davlat tashkilotlarida o‘zbek tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish, nutq madaniyatini yuksaltirish, davlat tilida ish yuritish hamda ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbir xodimlarning davlat tiliga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

🇺🇿 Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz va bebaho boyligimiz!

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i Oybek Hamdamov barcha xodimlarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etib, ona tilimizning milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ma’naviyatimizni yuksaltirish va kelajak avlodga yetkazishdagi beqiyos o‘rnini alohida ta’kidladi.

Bayram munosabati bilan boshqarma boshlig‘i tomonidan barcha xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu e’tibor va ehtirom jamoada bayramona kayfiyatni yanada oshirib, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamladi.

🇺🇿 O‘zbek tilimizning nufuzi yuksalib, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom bardavom bo‘lsin!