21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI!
Bugun, 2026-yil 21-oktabr kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti huzuridagi 1-son akademik litseyning tilshunoslik sohasi bo‘yicha mutaxassisi ishtirok etib, o‘zbek tilining boy tarixi, uning davlat tili sifatidagi nufuzi, jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirishning ahamiyati haqida mazmunli ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, tadbir davomida davlat tashkilotlarida o‘zbek tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish, nutq madaniyatini yuksaltirish, davlat tilida ish yuritish hamda ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbir xodimlarning davlat tiliga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
🇺🇿 Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz va bebaho boyligimiz!